Birlashgan Millatlar Tashkiloti pasporti

BMT pasporti (inglizcha: UNLP yoki inglizcha: United Nations Laissez-Passer) — 1946-yil 13-fevraldagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaning VII moddasiga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Nyu-York va Jenevadagi va Xalqaro mehnat tashkiloti vakolatxonalarida rasmiy sayohat hujjati[1]. UNLP BMT va XMT xodimlariga, shuningdek boshqa tashkilotlar: JSST, MAGATE, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti xodimlariga beriladi. Pasport ingliz va fransuz tillarida yozilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti pasporti
inglizcha: United Nations laissez-passer
fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU

Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan koʻk BMT pasportining muqovasi.
Turi pasport (lasse-passe)
Kim tomonidan berilgan BMT va XMT
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Muvofiqligi BMT va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar rasmiylari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti diplomatik pasporti
inglizcha: United Nations diplomatic laissez-passer
fransuzcha: Laissez-passer de l’ONU diplomatique

Mashinada oʻqiladigan yozuv bilan qizil BMT pasportining muqovasi.
Turi diplomatik pasport (lasse-passe)
Kim tomonidan berilgan BMT
Maqsad shaxsni tasdiqlash
Muvofiqligi BMTning diplomatik xodimlari va boshqa baʼzi xalqaro tashkilotlar direktorlari (D-2 va undan yuqori darajali)

UNLP shaxsiy guvohnoma sifatida (milliy pasport kabi) ishlatilishi mumkin, lekin faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy missiyalarida. Ayrim davlatning pasporti kabi, baʼzi mamlakatlarda BMT pasportiga ega boʻlinsa, viza olinishi shart emas, ammo baʼzi davlatlar (masalan, Turkmaniston[2], Keniya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Lyuksemburg, Livan va boshqalar)da u tezkor soʻrov boʻyicha ega boʻlish mumkin.

Xalqaro tashkilotlarning aksariyat xodimlari huquqiy maqomi boʻyicha xizmat pasportiga oʻxshash koʻk rangli UNLP (D-1 darajasiga qadar) ga ega. Yuqori mansabdor shaxslar qizil UNLP (D-2 va undan yuqori daraja)ga ega va ularning maqomiga qarab, ular maʼlum imtiyozlarga ega boʻlishi mumkin, shuning uchun qizil UNLP (huquqiy maqomda) diplomatik pasportga oʻxshaydi[3][4][5].

Tarkibi

tahrir

Asosiy sahifada egasi haqidagi grafik maʼlumotlar va mashinada oʻqiladigan yozuv mavjud. Pasportda quyidagilar mavjud:

  • Surat
  • Hujjat turi
  • Hujjat raqami
  • Familiya
  • Ism
  • Kasb-hunar
  • Tugʻilgan sana
  • Jinsi
  • Berilgan sana
  • Muddati
  • Kim tomondan berigan (bergan shahar kodi, masalan, Jeneva uchun GVA)
  • Imzo (qarama-qarshi sahifa)

e-UNLP

tahrir

2012 yildan boshlab, ICAO tomonidan oʻrnatilgan xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan elektron UNLPlar chiqarildi. Ular egasi haqidagi biometrik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Barcha elektron UNLPlar besh yil muddatga va xodim shartnomasining amal qilish muddatidan qatʼi nazar, beriladi. E-UNLPning amal qilish muddati viza haqida qoʻshimcha maʼlumotni oʻz ichiga olmaydi va uzaytirilishi mumkin emas.

Manbalar

tahrir
  1. „Конвенция о привилегиях и иммунитетах Объединенных Наций — Конвенции и соглашения — Декларации, конвенции, соглашения и другие правовые материалы“.
  2. „Официальному представителю ООН вручена вербальная нота о безвизовом въезде в Туркменистан“. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  3. Igor Yanev. Дипломатија (Diplomatiya). Belgrad: Belgrad Siyosiy tadqiqotlar instituti, 2013. ISBN 978-86-7419-261-0. 
  4. Igor Yanev. Увод у дипломатију (Diplomatiyaga kirish). Belgrad: AGM, 2015. ISBN 978-86-86363-64-0. 
  5. Igor Yanev. Међународно право и међународни односи (Xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar). Belgrad: Belgrad Siyosiy tadqiqotlar instituti, 2012. ISBN 978-86-7419-244-3.