Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti
Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) — hukumatlararo jahon tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi. 1945-yilda tuzilgan. Vazifasi: ovqatlanish, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha maʼlumotlar yigish va ularni oʻrganish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarish va sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat. Markaziy idorasi Italiyaning Rim shahrida joylashgan. 1999-yul oxirida tashkilotga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo boʻldi. Rimda jahon boʻyicha qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va boshqaga oid statistik toʻplamlar nashr etadi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |