Bishr al-Hofiy
Bishr ibn al-Horis ibn Abdurrahmon ibn Ato ibn Hilol ibn Mohon ibn Abdulloh al-Marvaziy (Abu Nasr) — „Hofiy“ nomi bilan tanilgan. U zuhd va taqvo borasida o‘z davrining ahlidan o‘zib ketganlardan bo‘lgan. U o‘ta oqilligi, ko‘p fazilatlarga egaligi, husnutariqati, nafs balosiga berilishdan hazar qilishi, har narsaga qiziquvchanlik tabiati yo‘qligi, hadislarni ko‘p bilishi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turgan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar. Bishr al-Hofiy milodiy 842-yil (hijriy 227-yil)da vafot etgan[1].
Bishr al-Hofiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 842-yil (hijriy 227-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis ilmi |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 73-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |