Biskvit
Biskvit (frans. biscuit)—1) qandolatchilik mahsuloti; un, yogʻ, shakar, tuxum, sut va boshqa masalliqlardan kuvlash yoʻli bilan tayyorlanadigan pishiriqturi. Maxsus shakllardagi qolip idishlarda pishiriladi. Tayyorlash usuli va qoʻshiladigan masalligʻiga koʻra choʻzma B., shakarli B., koʻpchitilgan B. hamda smetanali B. kabi turlari bor. B.dan pirojniy, rulet va tortlar tayyorlanadi; 2) sirlanmagan chinni; haykaltaroshlikda ishlatiladi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |