Bismilloh, Bismillohir rahmonir rahim (arab. — Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan) — islomda koʻp tilga olinadigan, har bir niyat, ibodat va amaliy harakat oldidan aytiladigan oyat. Qurʼonning hamma suralari (9-suradan tashqari) shu kalima bilan boshlanadi. Bu oyat xudo bandalariga rahmli (rahim), mehribon (rahmon), musulmonning har bir harakati Alloh nomi bilan boshlanishi lozimligini bildiradi. Qurʼon tilovatida B. oldidan „Aʼuzu billohi minashshaytonir rajim“ („Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman“) ham qoʻshib aytiladi. Buni har qanday ish va xattiharakat oldidan shaytonni haydash va uning vasvasasidan xoli boʻlish mazmunida ham talqin etadilar va albatta jannatga yoʻlning dastlabki amallaridan biridir. B. maktublar, rasmiy hujjatlar, diniy asarlar boshida ham yoziladi. Diniy manbalarda „basmala“ nomi bilan ham yuritiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil