Bissus bezlari (yun byssos ingichka ip) — koʻpchilik ikki pallali mollyuskalar oyogʻida joylashgan organ. Bissus bezlari dan chiqken organik modda (bissus) hisobiga juda pishiq bissus iplari hosil boʻladi. Bu iplar yordamida mollyuskalar suv tubidagi har xil narsalarga yopishib oladi. Bissus bezlari baʼzi mollyuskalarda faqat lichinka davrida boʻladi. Reppa urugʻiga kyruvchi ikki pallali mollyuskalarda bissus iplarining uz. 20 sm gacha yetadi. Rangi sargʻish yoki qoʻngʻir. Qadimgi va oʻrta asrlarda bissus iplaridan gazlamalar (vissona) toʻqilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil