Bitov
Bitov — organizmdagi tabiiy teshik, nay (mas, ayol jinsiy yoʻllari)ning tugʻma yoʻqligi (rivojlanish nuqsoni) yoki bitib qolishi. Koʻpincha tugʻma boʻladi. Qiz bola yoshligida yuqumli kasallik (skarlatina, difteriya, qizamiq va boshqalar) bilan ogʻrishi oqibatida ham yuzaga keladi. Jinsiy yoʻllarning yalligʻlanib chandiqlanishi, baʼzan tanosil aʼzolarining yaralanishi B.ga sabab boʻladi. B. koʻpincha qiz bola balogʻatga yetib hayz koʻrmay qolgandagina bilinadi. B.da hayz qoni dastlab qinga, keyin bachadon va naylariga, nihoyat qorin boʻshligʻiga oʻtib, qorin pasti ogʻriydi. B.ning oldini olish uchun qiz bolani yoshligidayoq mutaxassis vrach (ginekolog) koʻrigidan oʻtkazib turish lozim.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |