BIVA — Yaponiyadagi eng katta koʻl, Xonsyu o.da. Maydoni 716 km², chuq. 86 m gacha. Togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Gʻarbiy qirgʻoqlari baland, sharqi — past. Koʻldan Yodo daryosi boshlanib Osaka qoʻltigʻiga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto shaharlari bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil