Biya suti — biyadan sogʻib olinadigan sut. Tarkibida 10—12,2% quruq modda, shu jumladan 1,6—2,4% yogʻ, 1,9— 2,2% oqsil, 6,3—7,2% sut qandi, 0,3— 0,4% mineral tuzlar boʻlib, S vitamini sigir sutidagiga nisbatan 10 baravar koʻp. 1 kg Biya suti 500 kkal energiya beradi. Oʻzbekiston sharoitida qorabayir biyalari sersut boʻladi. Bu zot biyalari 5 oyda 1600–1700 kg gacha sut beradi. B. sdan qimiz tayyorlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil