Biylar sudi — shariat va urfodatlarga tayanib ish koʻradigan sud. Biylar sudi qozoq va qirgʻiz xalkdari tarixiga mansub. Chor Rossiyasi maʼmuriyati Turkistonni bosib olgach, qozilar sudi bilan bir qatorda Biylar sudi ni ham joriy etgan. Biylar sudi 3 bosqichdan iborat edi: 1) ishni mazmunan koʻrib chiqib, maslahatchilarsiz hukm chiqaruvchi sud; 2) biylar chiqargan hukm ustidan shikoyatni koʻruvchi volost biylarining yigʻini; 3) eʼtiborli kishilar 3 yilga saylab qoʻygan biylarning favqulodda yigʻini. Biylar sudi jinoyat ishlari yuzasidan bir yarim yilgacha qamoq jazosi berish va jarima solish huquqiga ega boʻlgan. Koʻchmanchi aholi oʻrtasida ish olib borgan Biylar sudi 20- yillar oxirida barham topdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil