BiyskRossiya Oltoy. oʻlkasidagi shahar (1782-yildan). Biya daryosi boʻyidagi pristan, temir yoʻl stansiyasi. Biyskdan Oltoy orqali Mongoliya chegaras’iga olib boradigan Chuya avtomobil trakta boshlanadi. Aholisi 181 ming kishi (2024). Mashinasozlik (qozon, oziq-ovqat sanoati uchun asbobuskunalar), yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, momiqpat fabrikalari, zigir tola kombinati), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻsir kombinati, shakarqand, yogʻekstrakt, vltamin zavodlari va boshqalar), yogʻochsozlik, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Pedagogika instituti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, musiqa bilim yurti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Biysk 1709-yilda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil