Biznes-vestnik vostoka
Biznes-vestnik vostoka, "BVV" ("Sharq biznes xabarlari") — ishbilarmon va tadbirkorlarning haftalik gazetasi. Toshkentda 1991-yil avgustdan rus tilida nashr etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyoti, savdo, moliya tizimi, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, shuningdek tijorat sohasida ish yurituvchilar faoliyatini yoritadi. Asosan, ishbilarmonlik, tijorat xabarlari va koʻplab reklamalar, maslahatlar, jumladan, Oʻrta Osiyo tovar bozori haqida maʼlumotlar, Oʻrta Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy islohotlar, xususan, iqtisodiyotga oid meʼyoriy qonun hujjatlariga sharhlar beradi. Birja byulletenlari, maʼlumotlarini chop etadi. Sharq va Gʻarb, uzoq va yaqin xorij mamlakatlari iqtisodiyotining muhim qirralari, mamlakatlararo hamkorlik munosabatlari, Oʻzbekistonning eng yaxshi firmalari va ishbilarmonlari haqida materiallar beradi. "BVV" Internet aloqa tizimidan foydalanadi. Adadi 10 mingdan ortiq nusxa (2001). MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlarida ham oʻz obunachilariga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |