Biznes inkubator — kichik va oʻrta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shugullanadigan ixtisoslashgan muassasa. Biznes inkubator, asosan, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqgisodiyoti boʻyicha zarur bilimlarni oʻrgatish, biznes reja tuzish, mablagʻlar topish, xalqarr grantlar olishda koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek kichik va oʻrta korxonalarga menejment va marketing xizmatlari, tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy yoʻsindagi xizmatlar koʻrsatish kabi vazifalarni bajaradi. Biznes inkubator tadbirkorlik malakalarini rivojlantirish va mahalliy ishbilarmonlarni, shu jumladan yoshlar, ayollar va aholining boshqa guruhlarini xalq xoʻjaligiga jalb etishni kuchaytirish muammolarini yechishga xizmat koʻrsatadi. Biznes inkubator faoliyat turiga koʻra korxona inkubatorlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari, innovatsiya va menejment markazlariga boʻlinadi. Dastlabki Biznes inkubator lar 20-asrning 70 —80 yil lari da AQSH da paydo boʻldi. Keyinchalik jahondagi boshqa mamlakatlarda ham keng tarqala boshladi. Hozirgi paytda dunyo boʻyicha 2000 dan ortiq yirik Biznes inkubator lar ish olib boradi. Oʻzbekistonda birinchi Biznes inkubator 1995-yilda BMTning YUNIDO tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasining hamkorliqdagi "Oʻzbekistonda biznes inkubatorlar tarmogʻini shakllantirish va rivojlantirish" loyihasi asosida tashkil etildi. Respublikada jami 25 Biznes inkubator mavjud boʻlib, ular yirik shaharlar va viloyat markazlarida faoliyat koʻrsatmoqsa, bir yidsa 5 mingdan ziyod kishi oʻqitildan (2001).

Alisher Sobirov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil