Black Black Heart“ (tarjimasi „Qop-qora yurak“) — kanadalik xonandalar David Usher hamda Jeff Pearce tomonidan yozilgan qoʻshiq. Usherning 2001-yil eʼlon qilingan „Morning Orbit“ albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan[1]. Qoʻshiq Germaniya, Niderlandiya va Shveysariyada kichik xitga aylangan, Gretsiyada esa uchinchi pogʻonaga koʻtarilib, mamlakatning singllar xit-paradidan 25 haftadan koʻproq vaqt davomida tushmagan. Qoʻshiqning klipi ikkita „MuchMusic Video“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

„Black Black Heart“
David Usher qoʻshigʻi
„Morning Orbit“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2001
Janr
Davomiyligi 3:26
Leybl EMI Music Canada (7243 550181 2 0)
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
David Usher singllari xronologiyasi
„Alone in the Universe“
(2001)
Black Black Heart
(2001)
„A Day in the Life“
(2001)
Klipi
„Black Black Heart“ YouTubeda

„Black Black Heart“ qoʻshigʻining uch versiyasi mavjud. Albomga kiritilgan hamda radio uchun hozirlangan versiyalarida Usher bilan bir qatorda „My Brilliant Beast“ guruhi aʼzosi Julie Galios (talaffuzi: Juli Galios) kuylagan. Albomga yashirin trek sifatida kiritilgan hamda „Black Black Heart 2.0“ deb ataladigan rock versiyada esa kanadalik xonanda Kim Bingham (talaffuzi: Kim Bingam) kuylagan.

Qoʻshiq naqoratida Léo Delibes yozgan „Lakmé“ operasining sopranolar uchun moʻljallangan mashhur „Gul dueti“ (fransuzcha: Sous le dome épais) dueti ishlatilgan. Usher qoʻshiqni fransuz tilida ham yozgan. Fransuzcha versiyada kanadalik qoʻshiqchi Marie-Mai (talaffuzi: Meri Mey) kuylagan. Tayvanlik xonandalar Rene Liu bilan Stanley Huang „Black Black Heart“ qoʻshigʻini „Alohida sayohat“ (xitoycha: 分开旅行 / Fēnkāi lǚxíng) nomi bilan xitoy tilida kuylagan.

Klipi tahrir

„Black Black Heart“ qoʻshigʻi uchun olingan klipda Usher tunda katta turar-joy binosidagi kvartirada qoʻshiq kuylayotgani tasvirlangan. Video davomida ayni imoratdagi boshqa kvartiralarda turgʻunlar umuman olganda odatiy ishlarni qilayotganini koʻrsatadigan. Klip 2002-yilda „Eng yaxshi post-produksiya“ (Kurt Ritchie (talaffuzi: Kurt Richi uchun) va Jeff Campbell (talaffuzi: Jeff Kempbell) uchun) hamda „Eng yaxshi pop video“ (Usher uchun) nominatsiyalarida ikkita „MuchMusic Video“ mukofoti bilan taqdirlangan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Black Black Heart“. AllMusic. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.
  2. „Swollen Members Clean Up At MuchMusic Awards“. Billboard (17-iyun 2002-yil). Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir