Blaise Pascal (talaffuzi: blɛz paskal; 19-iyun 1623 – 19-avgust 1662) fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi boʻlgan. "Konus kesimlar nazariyasining tajribasi" nomli asarida (1639) proyektiv geometriyaning asosiy teoremalaridan biri — Paskal teoremasini isbotlagan (qarang Ikkilik prinsipi), 1641-yil jamlash mashinasini qurgan. Arifmetika, sonlar nazariyasi, algebra, ehtimollar nazariyasi, proyektiv geometriya va boshqa sohalarga oid ishlari muhim. P. birinchi marta matematik induksiya usulini qoʻllagan, Sharq matematiklaridan mus-taqil holda binomial koeffitsiyentlarni hisoblash usulini topgan (qarang Arifmetik uchburchak). P. qoʻllagan yuza va hajmlarni hisoblash usullari differensial hamda integral hisoblar yaratilishida asos boʻldi. P. gidrostatika asoschilaridan biri, 1648-yil atm bosimi mavjudligini isbotlaydigan taj-riba oʻtkazgan. Paskal qonunini asoslagan.

Blaise Pascal
Blaise pascal.jpg
Tavalludi 19-iyun 1623-yil
Clermont-Ferrand, Fransiya
Vafoti 19-avgust 1662-yil(1662-08-19)
(39 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Kingdom of France[1]
Otasi Étienne Pascal[1]
Onasi Antoinette Begon
Bilimi Kontinental falsafa, ekzistensializm asosi
Qiziqishi Teologiya, matematika, falsafa, fizika
Koʻrsatgan taʼsirlari Avliyo Augustine, Michel de Montaigne, Descartes, Cornelius Jansen, Epictetus
Olgan taʼsirlari Antoine Arnauld, Pierre Duhem, William James, Henri Bergson
Mashhur fikrlari Pascal garovi
Pascal uchburchagi
Pascal qonuni
Pascal teoremasi

P. falsafiy qarashlari bilan ratsionalizm va skeptitsizm orasida ikkilanib turgan. Uning "provinsialga xatlar" asari fransuz prozasi va te-atrida muhim oʻrin tutadi. P. fransuz klassik prozasining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan.[2]

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



HavolalarTahrirlash