Blankveksel
Blankveksel — qarz miqdori, sanasi va boshqa rekvizitlardan biri yoki bir nechtasi koʻrsatilmay imzolangan (veksel egasining imzosi quyilgan) veksel. Bir-biriga ishonuvchi hamkor tomonlar oʻrtasidagi veksel operatsiyalarini tezlatish uchun qoʻllanadi. Blankveksel lar muomalaga bank aksepti evaziga veksel egasi (trassant) tomonidan ham, qarzdor tomonidan ham chiqarilishi mumkin.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |