Blastotsista
Blastotsista (blasto... va yun. Kystis — pufakcha), blastoderma pufakchasi — sut emizuvchi hayvonlar va odam pushti (urugʻlangan tuxum hujayra)ning maydalanishi jarayonida hosil boʻladigan moruladan keyingi davri; boshqa organizmlarda blastula bosqichiga moye keladi. Tarkibida embrion tuguni boʻlib, undan embrion va uning qobigʻi (pardasi) hosil boʻladi. B. tashqi devoridan trofoblast vujudga keladi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |