Blastulyatsiya — koʻp hujayrali hayvonlar tuxumi boʻlinishining oxirgi davri. Bu jarayonda blastula hosil boʻladi. B.da markaziy boʻshliq (blastotsel) vujudga keladi, blastomerlar boʻlinishi asinxron holatga oʻtadi, mitoz sikli vaqti uzayadi, mitotik indeks oʻlchami kichrayadi va interfaza muddati oshadi (qarang Mitoz). B. davrida hujayralarning interfaza holatidagi yadrolarida yadrochalar paydo boʻladi. Informatsion ribonuklein kislota (iRNK) sintezi boshlanishi B.ning gastrulyatsiyaga oʻtishini taʼminlaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil