Blondel Fransua (1618.15.7, Ribemon, Pikardiya — 1686.21.1, Parij) — fransuz meʼmori, klassitsizm namoyandasi, nazariyotchi meʼmor. Qirollikdagi meʼmorlik akademiyasi direktori (1671-yildan). Italiyaning Qad. va Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsirida binolar barpo etgan (Parijdagi SenDen darvozasi, 1672 va boshqalar), shahar va qoʻrgʻonlar loyihasini yaratgan. "Meʼmorlik kursi" asarini yozgan (1675—83).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil