Bluming
Bluming, blyuming (ing. blooming) — poʻlat quymalardan Chblul" olish uchun moʻljallangan prokatlash stani. Prokatlash (siqish) valiklatrich ning diametri (yoʻgʻonligi) bilan ifodalanadi, mas, B. 1500 (bu yerda 1500 mm — valik diametri). B. da 12 t gacha va undan ham ogʻir poʻlat quymalardan blum tayyorlanadi. Baʼzi hollarda B.da slyablar hamda shakldor zagotovkalar (yirik dvutavr toʻsinlar, shveller va boshqalarlar) olinadi. Metallurgiya zavodlarida B. poʻlat quyish sexi bilan prokat sexi orasidagi bogʻlovchi zveno hisoblanadi.
B. ish kleti (katagi), vallarni harakatga keltiruvchi asosiy elektr dvigatellar va mexanizmlardan iborat. B. sexida texnologik jarayonning oʻtish tartibi: qaynoq quyma poʻlat eritish sexidan temir yoʻl platformalarida qizdirish qudugʻiga keltiriladi; quymalar quduqqa tik tushirilib, 1100—1300°S gacha qizdiriladi, har bir quyma maxsus moslamada B.ning qabul rolgangiga keltiriladi; quyma B. vallari orasidan bir necha marta oʻtkaziladi (har bir oʻtishda quyma 40–20 mm qisiladi), natijada poʻlat polosalari hosil boʻladi; polosalar katta qaychilar bilan alohnda blumlarga kesiladi. Bular rolganglar yordamida sovitgichlarga, u yerdan esa omborga’yuboriladi. B. poʻlatni yirik quymalar tarzida quyishga, tayyor prokatning sifatini oshirishga imkon beradi. Ly.Mirboboyev V. A., Vasilyev G. P., Metallar texnologiyasi, T., 1971.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |