Bor nitrid
(Bndan yoʻnaltirildi)
Bor nitrid, BN — bornit azot bilan birikmasi. V2O3 ning qaytaruvchilar (koʻmir, magniy) bilan aralashmasini ammiak atmosferasida qizdirib yoki 2000° dan yuqori temperaturada elementlardan olinadi; oddiy sharoitda aBN — kubik, grafitsimon oq poroshok holida boʻladi. 1350° dan yuqori temperatura va 5 GPa bosimda katalizatorlar ishtirokida BN ning grafitsimon ashaklidan olmossimon Rshakli (borazon) hosil boʻladi. Borazon yuqori temperaturaga chidamli kimyoviy barkaror birikmadir. Bor nitrid dan oʻtga gʻoyatda chidamli materiallar, yarimoʻtkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutuvchi materiallar tayyorlanadi, oBN podshipniklarda quruq moy sifatida xizmat qiladi; borazon oʻta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |