BOʻGʻIMDUMLAR (Cordylidae) -kaltakesaklar oilasi. 4 urugʻ, 24 turi bor. Janubiy va tropik Afrikada tarqalgan. Turlarining bir qismi asl kaltakesaklarga, boshqalari ilonlarga oʻxshaydi, lekin hammasi kaltakesaklardek yashaydi va tez harakat qiladi. Oilaning tipik vakili boʻgʻimdum (Zonurus cordylus) agamalarga oʻxshaydi. Rangi oʻzgaruvchan, lekin koʻpincha dum va orqa tomoni xira qovoq rangda, boshi va oyoqlari och sariq, qorni oq boʻladi. B. togʻlarda, serqoya qaltis yerlarda yuradi. Dushmandan qoyalar orasiga yashirinib, toshlarning gʻadirbudur qirralariga yopishib olgan B.ni butunlicha ajratib olish qiyin. Turli umurtqasizlar, yirik vakillari esa mayda umurtqali jonivorlar bilan oziqlanadi. Koʻp turlari tuxum qoʻyib koʻpayadi, faqat ilonga oʻxshash B. tirik tugʻadi.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil