Boʻritish ilonlar
(Bo'ritish ilonlardan yoʻnaltirildi)
Boʻritish ilonlar - suv ilonlar oilasining urugʻi. 16 turi bor. Jagʻida 2—6 yirik egri tishlari boʻladi. Shuning uchun ular "boʻritish" deb ataladi. Janubiy Osiyoda koʻp. Oʻzbekiston choʻllarida bitta turi — ola boʻritish (Lucodon striata) uchraydi. Uzunligi 60 sm cha, usti toʻq jigarrang, och sariq koʻndalang yoʻlli. Qorin tomoni sariq. Tungi hayvon. Iyunning oxirida 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Asosan, har xil kaltakesaklar bilan oziqdanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |