Boʻgajili, Bogʻajeli — Nurota togʻ etaklarida yashovchi oʻzbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular "olti ota boʻgajili" deb ham atalgan. B. oʻtmishda — qoʻshtamgʻali, oʻrda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa boʻlingan. V. Radlov B.larni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va 19-asr oʻrtalarida Zarafshon vodiysining markaziy qismi shim.da, Nurota togʻlarida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urugʻ: qozoyogʻli, qanjigʻali va byogyoshyolyu boʻlganligini, shulardan qanjigʻali va B. uysun qabilasiga mansub boʻlib Katta Oʻrda qozoqdari bilan qabiladosh boʻlganlarini qayd etib oʻtadi.[1]

Adabiyotlar

tahrir

Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.

Manbalar

tahrir
  1. "Boʻgajili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil