Boʻlamon
(Bo`lamondan yoʻnaltirildi)
Boʻlamon balamon, balabon – Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Kadimdan mashhur, ayniqsa XV—XVII asrlardagi boʻlamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi. Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil.
Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida boʻladi. Boʻlamon sibizgʻannt takomillashtirilgan turi boʻlsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga koʻra qoʻshnayta yaqin. Diapazoni taxminan 2 oktava. Oʻzbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpogʻistonda tarqalgan[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Karomatov F., Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |