Boʻgʻin (tushuncha)
Bo‘g‘in — 1) (tilshunoslikda) so‘zning alohida talaffuz qilish mumkin bo‘lgan kichik bo‘lagi. Fransuz tilshunosi M. Gammon 1929-yil da B. nutq artikulyatsiyasidagi muskullarning kuchlanishiga asoslangan, degan fikrni ilgari surgan. Bunda nutq oqimidagi tovush tizimining izchil holatda kuchlanishi va bo‘shashishi nazarda tutiladi, ya’ni nutq qismlari kuchlanish bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu takrorlanish bo‘g‘inga ajralishdir. Bu oʻzbek tilshunosi Ayub G‘ulomovning B. nutqning bir nafas to‘lqinidagi qismidir, degan qarashiga ham moye keladi. "Boshlang‘ich" so‘zi 3 B. li bo‘lib, har biri kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi. B. kuchli boshlanishi va kuchli tugashi ham mumkin; 2) (poeziyada) eng kichik o‘lchov birligi. Hijo deb ham ataladi. She’r tpuzilishida muhim ahamiyatga ega. Bunda har bir so‘z alohida emas, balki ular nutq butunligi, so‘zlarning o‘zaro fonetik munosabatida qaraladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |