BOʻKTARGILAR (Circus) -qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub yirtqich qushlar urugʻi. 9 turi bor. Modalari narilaridan katta. Qanotlari uzun va keng, sekin parvoz qilishga moslashgan. Pati yumshoq, boshining ikki yoni va tomogʻini oʻrab olgan "yoqasi" bor. Avstraliya va Antarktidadan tashqari, hamma qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda soy boʻktargisi (S. aeryginosis), dala boʻktargisi (S. cyaneus), choʻl boʻktargisi (S. macrourus), qoʻriq boʻktargisi (S. pygargus) uchraydi. B. qishlash uchun kuzda Hindiston va Afrikaga uchib ketadi. Bahorda yana qaytib keladi (dala boʻktargisi esa Oʻzbekistonda qishlab qoladi). Daryo sohillari, choʻl, dasht va dalalarda yashaydi. Uyasini quruq oʻt va xaschoʻplardan yerga quradi. Modasi uyasini doim tozalab turadi. 3— 6 dona tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi bosadi. Nasl uchun gʻamxoʻrlik qilish modasi bilan nari oʻrtasida qatiy taqsimlangan. Modasi uyada tuxumdan chiqqan jish joʻjalarini qanoti ostida isitib, ularni oziqlantiradi, nari esa oziqtashiydi. B. har xil hasharotlar, mayda kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, qurbaqalar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Kemiruvchilarni qirib, foyda keltiradi. B.ni qoʻriqlash kerak.

Boʻktargilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil