Boʻlamon

Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama musiqa asbobi


Boʻlamon (balamon, balabon, bulamon, bolaban, bolaman nomlari ham mavjud) – Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama musiqa asbobi.

Boʻlamon

Tarixi

tahrir

Qadimdan mashhur, ayniqsa XV—XVII asrlardagi boʻlamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi.

Tuzilishi

tahrir

Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida boʻladi. Tovushqatori diatonik. Diapazoni taxminan 2 oktava boʻlib, kichik oktavadagi re va re-bemoldan boshlab uch oktavagacha boradi[1][2].

Boʻlamon sibizgʻaning takomillashtirilgan turi boʻlsada, sadolanish kuchi, tembr xususiyatlari hamda ijro imkoniyatlariga koʻra qoʻshnayga yaqin. Oʻzbekistonning Xorazm vohasi va qisman Qoraqalpogʻistonda tarqalgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3.   „Boʻlamon“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Adabiyotlar

tahrir
  • Karomatov F., Oʻzbekskaya instrumentalnaya muzika, T., 1972.

Havolalar

tahrir