Boʻlmachalar fibrilatsiyasi, shuningdek atrial fibrilatsiya — yurak boʻlmachalarining tartibsiz (aritmiya) va juda tez ravishda qisqarishi hisoblanib, yurakda qon ivib laxtalar hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan patalogik jarayondir. Boʻlmachalar fibrilyatsiyasi insult, yurak etishmovchiligi va boshqa yurak bilan bogʻliq boʻlgan ogʻir asoratlar xavfini oshiradi.

Boʻlmachalar fibrilyatsiyasining fotoplesysmografdagi tasviri

Boʻlmachalar fibrilatsiya paytida yurakning yuqori kameralari (atrium-lotincha boʻlmacha) xaotik va tartibsiz uradi – yurakning pastki kameralari (ventrium-lotincha qorincha) bilan sinxron ravishda ishlamaydi. Koʻp odamlarda boʻlmachalar fibrilyatsiyasi hech qanday alomati yuzaga chiqmasligi mumkin. Shu bilan birga, boʻlmachalar fibrilyatsiyasi taxikardiyaga va nafas siqishi yoki kuchli zaiflikka olib kelishi mumkin.

Boʻlmachalar fibrilatsiya regulyar yoki noregulyar shakilda boʻlishi mumkin. Boʻlmachalar fibrilyatsiyasi odatda yakka holda oʻzi kelganda jiddiy xavf tugʻdirmasada, lekin asorat sifatida insult kabi jiddiy holatlarga olib kelmasligi uchun toʻgʻri davolanishni talab qiladi. Boʻlmachalar fibrilatsiyani davolash dori-darmonlar, yurak ritmini tiklash terapiyasini va notoʻgʻri yurak impulslarini blokirovka qilish uchun katetrlash muolajalarini oʻz ichiga olishi mumkin.

Boʻlmacha fibrilatsiyali odamda boʻlmachalar hilpirashi deb ataladigan yurak ritmi muammosini ham yuzaga keltirishi mumkin[1].

Simptomlar

tahrir

Boʻlmachalar fibrilatsiyali (Vetntrikulyar fibrilyatsiyasi) baʼzi odamlar hech qanday alomatlarni sezmaydilar. Boʻlmachalar fibrilatsiya belgilari boʻlgan odamlarda quyidagi belgilar va alomatlar yuzaga chiqishi mumkin:

  • Yurak tez urishi, titrash yoki urib ketish hissi(paroksizmal taxikardiya).
  • Koʻkrakdagi ogʻriq-angina pektoralis.
  • Bosh aylanishi.
  • Charchoq.
  • Yengillik.
  • Jismoniy mashqlar qilish qobiliyatining pasayishi.
  • Nafas qisilishi.
  • Zaiflik.

Boʻlmachalar fibrilatsiyasida boʻlishi mumkin:

Vaqti-vaqti bilan (paroksizmal boʻlmachalar fibrilatsiya). Boʻlmacha fibrilyatsiyasi belgilari paydo boʻladi va biroz vaqt oʻtib oʻtib ketadi, odatda bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Baʼzida simptomlar bir haftagacha davom etadi va jarayonlar qayta-qayta sodir boʻlishi mumkin. Simptomlar oʻz-oʻzidan yoʻqolishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi boʻlmacha fibrilyatsiyasili baʼzi odamlar davolanishga muhtojdir.

Doimiy. Ushbu turdagi boʻlmachalar fibrilatsiyasida yurak ritmi oʻz-oʻzidan normal holatga qaytmaydi. Agar odamda boʻlmacha fibrilyatsiyasi belgilari boʻlsa, normal yurak ritmini tiklash va saqlash uchun kardioversiya yoki dorilar bilan davolash mumkin.

Uzoq muddatli barqaror. Ushbu turdagi boʻlmachalar fibrilatsiyasi uzluksiz va 12 oydan ortiq davom etadi.

Doimiy. Boʻlmachalar fibrilatsiyaning bu turida yurak ritmining buzilishini tiklash mumkin emas. Dori-darmonlar yurak tezligini nazorat qilish va qon laxtalarining hosil boʻlishining oldini olish uchun kerak.

Sabablari

tahrir

Boʻlmachalar fibrilyatsiyasi sabablarini tushunish uchun yurak normada qanday urish tartibini bilish ahamiyatlidir.

Normal holatda yurak toʻrt kameradan iborat – ikkita yuqori kamera (atrium) va ikkita pastki kamera (ventrium). Yurakning yuqori oʻng kamerasida (oʻng atrium) sinus tugunlari deb ataladigan hujayralar guruhi mavjud. Sinus tugunlari yurakning tabiiy yurak stimulyatori hisoblanadi. U har bir yurak urishini boshlaydigan impulsni ishlab chiqaradi.

Ritmik va regulyar yurak ritmida:

Impuls sinus tugunidan yurakning ikkita yuqori kamerasi (atrium) orqali oʻtadi.

Impuls atrioventrikulyar (AV) tugun deb ataladigan yuqori va pastki kameralar orasidagi yoʻldan oʻtadi.

Impulsning harakati yurakni qisqarishga (kontraksiyaga) olib keladi, yurak va tanaga qon haydaladi.

Atriyal fibrilatsiyada yurakning yuqori kameralarida impulslar xaotik shakildadir. Natijada, yuqori kameralar fibrilyatsiyasi(titroq) yuzaga keladi. Keyin AV tugun yurakning pastki kameralari(qorinchalar)ga oʻtishga harakat qiladigan impulslar bilan bombardimon qilinadi. Bu tez va tartibsiz yurak ritmini yuzaga keltiradi.

Atriyal fibrilatsiyada yurak urish tezligi daqiqada 100 dan 175 gacha boʻlishi mumkin. Oddiy yurak urish tezligi daqiqada 60 dan 100 gacha boʻladi.

Atriyal fibrilatsiyaning sabablari

tahrir

Yurakning tuzilishi bilan bogʻliq muammolar atriyal fibrilatsiyaning eng keng tarqalgan sababidir. Atriyal fibrilatsiyaning mumkin boʻlgan sabablari quyidagilardan iborat:

  • Koronar tomirlar kasalligi.
  • Yurak qopqogʻi bilan bogʻliq muammolar.
  • Yurak huruji.
  • Oʻpka kasalliklari.
  • Tugʻma yurak nuqsoni.
  • Yuqori qon bosimi.
  • Jarrohlik, pnevmoniya yoki boshqa kasalliklar tufayli jismoniy stress.
  • Muqaddam oʻtkazilgan yurak operatsiyasi.
  • Yurakning tabiiy yurak stimulyatori bilan bogʻliq muammo (sustlashgan sinus sindromi).
  • Uyqu apnoesi.
  • Qalqonsimon bez kasalliklari, masalan, qalqonsimon bezning giperfunksiyasi(gipertiroidizm) va boshqa metabolik nomutanosibliklar.
  • Baʼzi dorilar, kofein, tamaki va spirtli ichimliklarni oʻz ichiga olgan stimulyatorlardan foydalanish.
  • Virusli infektsiyalar.
  • Atriyal fibrilatsiyasi bor baʼzi bemorlarda yurak bilan bogʻliq hech qanday muammolar uchramaydi.

Xavf omillari

tahrir

Atriyal fibrilatsiya (Boʻlmachalar fibrilyatsiyasi) xavfini oshirishi mumkin boʻlgan narsalarga quyidagilar kiradi:

Yosh. Yosh qanchalik katta boʻlsa, atriyal fibrilatsiyani rivojlanish xavfi shunchalik yuqori boʻladi.

Yuqori qon bosimi. Yuqori qon bosimi mavjudligi, ayniqsa turmush tarzini oʻzgartirish yoki dori-darmonlar bilan oʻz vaqtida toʻgʻri davolanmasa, atriyal fibrilatsiya xavfi oshishi mumkin.

Yurak kasalligi. Yurak qopqogʻi muammolari, tugʻma yurak nuqsonlari, kognetiv yurak etishmovchiligi, koronar tomirlar kasalligi yoki yurak xuruji yoki muqaddam oʻtkazilgan yurak jarrohligi kabi yurak kasalligi boʻlgan har qanday odamda atriyal fibrilatsiya xavfi ortadi.

Qalqonsimon bez kasalligi. Baʼzi odamlarda qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar yurak ritmi muammolarini (aritmiya), shu jumladan atriyal fibrilatsiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Boshqa surunkali kasalliklar. Qandli diabet, metabolik sindrom, surunkali buyrak kasalligi, oʻpka kasalligi yoki uyqu apnoesi kabi surunkali kasalliklarga chalingan odamlarda atriyal fibrilatsiya xavfi ortadi.

Spirtli ichimliklar ichish. Baʼzi odamlar uchun spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish atriyal fibrilatsiyani qoʻzgʻatishi mumkin. Koʻp ichish xavfni yanada oshiradi.

Ortiqcha vazn. Ortiqcha vaznli odamlarda atriyal fibrilatsiya rivojlanish xavfi yuqori.

Oila tarixi. Baʼzi oilalarda irsiy moyillik sababli atriyal fibrilatsiya rivojlanish xavfi ortadi.

Asoratlar

tahrir
  • Qon laxtalari atriyal fibrilatsiyaning xavfli asoratlari sirasiga kirib, qon tomirlari blokirovkasiga olib kelishi mumkin.
  • Atriyal fibrilatsiyada xaotik yurak ritmi yurakning yuqori kameralarida (atrium) qon toʻplanishi va laxtalarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Agar chap yuqori kamerada (chap atrium) qon ivib u yurakdan ajralib chiqsa, miyaga oʻtib, insultga olib kelishi mumkin.
  • Atriyal fibrilatsiyadan insult xavfi yoshi ulgʻaygan sayin ortadi.
  • Yuqori qon bosimi
  • Qandli diabet
  • Yurak etishmovchiligi
  • Baʼzi yurak qopqogʻi kasalliklari
  • Atriyal fibrilatsiyali odamlarda qon quyqalari va qon tomirlari blokirovkasining oldini olish uchun odatda antikoagulyantlar buyuriladi[2].

Oldini olish

tahrir

Sogʻlom turmush tarzini tanlash yurak xastaligi xavfini kamaytiradi va atriyal fibrilatsiya oldini oladi. Yurak salomatligini taminlovchi faoliyatlar:

  • Toʻgʻri tanlangan parhez.
  • Muntazam jismoniy mashqlar va normal tana vaznini saqlash.
  • Chekishdan voz kechish.
  • Spirtli ichimliklar va kofeindan saqlanish.
  • Stressdan saqlanish.

Diagnostika

tahrir

Baʼzi odamlar atriyal fibrilatsiyaga (Boʻlmachalar fibrilyatsiyasi) ega ekanligini bilishmaydi. Ayrim holatlarda fizikaviy tekshiruv vaqtida bemordagi fibrilatsiya tasodifan aniqlanib qoladi.

Boʻlmachalar fibrilatsiyasini tasdiqlash va shunga oʻxshash boshqa holatlardan farqlash uchun quyidagi testlar amalga oshiriladi:

 
Boʻmachalar fibrilyatsiyasi EKG tasviri

Elektrokardiogramma (EKG). Ushbu tez va ogʻriqsiz test yurakning elektr faolligini oʻlchaydi. Yopishqoq elektrodlar koʻkrak, qoʻl va oyoqlarga qoʻyiladi. Elektrod simlari sinov natijalarini koʻrsatadigan kompyuterga ulanadi. EKG yurak urishining juda tez, juda sekin yoki umuman yoʻqligini koʻrsatishi mumkin . EKG atriyal fibrilatsiyani tashxislashning asosiy usuli hisoblanadi .

Qon testlari. Ular qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga yoki qonda boʻlmachalar fibrilyatsiyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa moddalarni aniqlashga yordam beradi .

Xolter monitor. Ushbu kichik, koʻchma EKG qurilmasi choʻntakda yoki muntazam kundalik mashgʻulotlar paytida yelka kamariga taqiladi. U yurak faoliyatini 24 soat yoki undan koʻproq vaqt davomida doimiy ravishda qayd qiladi va natijalar umumiy ravishda tahlil qilinadi.

Anormal holatlarni yozuvchi tekshiruv. Ushbu qurilma Xolter monitoriga oʻxshaydi, lekin u faqat maʼlum vaqtlarda bir necha daqiqa davomida yozib oladi. U Xolter monitoriga qaraganda uzoqroq, odatda 30 kun davomida taqib yuriladi. Bemor qandaydir anormal holatni sezganda tugmani oʻzi bosib jarayonni qayd qiladi. Hozirgi kunda baʼzi qurilmalar tartibsiz yurak ritmi aniqlanganda avtomatik ravishda yozib oladi.

Exokardiogramma(ExoKG). Ushbu invaziv boʻlmagan test yurak hajmi, tuzilishi va harakatini tasvirlash uchun tovush toʻlqinlaridan foydalanadi.

Ergonometrik test. Jismoniy mashqlar testi deb ham ataladigan stress testi yugurish yoʻlakchasida yoki statsionar velosipedda mashq qilish paytida yurakdagi sodir boʻlgan jarayonni yozib oladi.

Koʻkrak qafasi rentgenogrammasi. Rentgen tasvirlari oʻpka va yurakning holatini koʻrishga yordam beradi[3].

Davolash

tahrir

Atriyal fibrilatsiyani davolash qancha vaqtdab buyon boʻlmachalar fibrilyatsiyasi borligiga , simptomlar va yurak patalogik ritmi muammosining asosiy sababiga bogʻliq. Davolash maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Yurak ritmini tiklash.
  • Yurak urishini nazorat qilish.
  • Qon tomir tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qon laxtalarining oldini olish.
  • Atriyal fibrilatsiyani davolash quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
  • Dori-darmonlar.
  • Yurak ritmini tiklash uchun terapiya(kardioversiya).
  • Jarrohlik yoki katetrlash muolajalari.

Atriyal fibrilatsiyani davolash rejasiga rioya qilish muhimdir. Agar boʻlmachalar fibrilyatsiyasi yaxshi nazorat qilinmasa, bu boshqa asoratlarga, jumladan insult va yurak etishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Dori-darmonlar

tahrir

Yurakning qanchalik tez urishini nazorat qilish va uni normal holatga qaytarish uchun dori-darmonlar buyurilishi mumkin. Dori-darmonlar, shuningdek, qon laxtalari hosil boʻlishining oldini olish uchun buyuriladi, xavfli asorat doimiy shakildagi boʻlmachalar fibrilyatsiyasi .

Atriyal fibrilatsiyani davolash uchun ishlatiladigan dorilar:

Beta blokatorlar. Ushbu dorilar tinchlik paytida va dinamik harakat paytida yurak tezligini sekinlashtirishga yordam beradi.

Kalsiy kanal blokatorlari. Ushbu dorilar yurak urish tezligini nazorat qiladi, ammo yurak yetishmovchiligi va gipotenziyasi bor bemorlar ushbu dorilardan saqlangani maqul.

Digoksin. Ushbu dori tinchlik paytida yurak urish tezligini nazorat qilishi mumkin, ammo dinamik harakat paytida emas. Aksariyat odamlar kalsiy kanal blokatorlari yoki beta blokatorlar kabi qoʻshimcha yoki muqobil dori-darmonlarga muhtoj.

Antiaritmik dorilar. Ushbu dorilar yurak tezligini nazorat qilish uchun emas, balki normal yurak ritmini saqlash uchun ishlatiladi. Ular yurak tezligini nazorat qiluvchi dorilarga nisbatan koʻproq nojoʻya taʼsirga ega boʻlgani sababli, antiaritmiklar kamroq qoʻllanadi.

Antikoagulyant vositalar. Qon ivishidan kelib chiqqan qon tomirlari yoki boshqa organlarning shikastlanish xavfini kamaytirish uchun qonni suyultiruvchi dorilar (antikoagulyant) buyurilishi mumkin. Qonni suyultiruvchi dorilarga varfarin (Jantoven), apiksaban (Eliquis), dabigatran (Pradaxa), edoxaban (Savaysa) va rivaroksaban (Xarelto) kiradi. Varfarinni muntazam qabul qiluvchi bemorlarda, preparatning taʼsirini kuzatish uchun muntazam ravishda qon testlarini oʻtkazish kerak[4].

Kardioversion terapiya

tahrir

Agar boʻlmachalar fibrilyatsiyasi belgilari bezovta qiladigan boʻlsa yoki bu atriyal fibrilatsiyaning birinchi epizodi boʻlsa, kardioversiya deb ataladigan muolaja yordamida yurak ritmini (sinus ritmini) tiklashga harakat qilishi mumkin.

Kardioversiya ikki yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:

Elektr kardioversiyasi. Yurak ritmini tiklashning bu usuli koʻkrak qafasiga oʻrnatilgan elektrodlar yordamida yurakka elektr zarbalarini yuborish orqali amalga oshiriladi.

Dori kardioversiyasi. Vena ichiga yoki ogʻiz orqali yuboriladigan dorilar yurak ritmini tiklash uchun ishlatiladi.

Kardioversiya odatda kasalxonada rejalashtirilgan muolaja sifatida amalga oshiriladi, ammo u favqulodda vaziyatlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Agar u rejalashtirilgan boʻlsa, qon laxtalari va qon tomirlari bekilib qolishi xavfini kamaytirish uchun bir necha hafta oldin varfarin (Jantoven) yoki boshqa qonni suyultiruvchi dori berilishi mumkin.

Elektr kardioversiyasidan soʻng, atriyal fibrilatsiyaning kelajakdagi ehtimoliy jarayonlarning oldini olishga yordam beradigan antiaritmik dorilar umrbod muddatga belgilanishi mumkin.

Jarrohlik yoki kateter muolajalari

tahrir

Agar boʻlmachalar fibrilyatsiyasi dori- darmonlar yoki boshqa davolash usullari bilan yaxshilanmasa, yurak ablasyoni deb ataladigan muolaja tavsiya qilinadi. Baʼzida ablasyon muayyan bemorlar uchun birinchi davolash hisoblanadi.

Yurak ablasyoni issiqlikdan (radiochastota energiyasi) yoki haddan tashqari sovuqdan yurakdagi gʻayritabiiy elektr impulslarini blokirovka qilish va normal yurak urishini tiklash uchun chandiqlar yaratish uchun foydalanadi. Moslashuvchan naychani (kateter) qon tomir orqali yurakka kiritilaadi. Bir nechta katetrlardan foydalanish mumkin. Katetrning uchidagi sensorlar sovuq yoki issiqlik energiyasini qoʻllaydi.

Kamroq hollarda, ochiq yurak jarrohligi paytida ablasyon skalpel yordamida amalga oshiriladi.

Yurak ablasyonining har xil turlari mavjud. Atriyal fibrilatsiyani davolash uchun ishlatiladigan tur bemorning oʻziga xos belgilariga, umumiy sogʻligʻiga va boshqa yurak jarrohligi oʻtkazmaganligiga bogʻliq.

Masalan, atriyal fibrilatsiyani davolash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan yurak ablasyonlarining baʼzi turlari:

Atrioventrikulyar (AV) tugunlarning ablatsiyasi. Elektr impulsizatsiya aloqasini yoʻq qilish uchun AV tugunidagi yurak toʻqimalariga issiqlik yoki sovuq energiya yordamida taʼsir qilinadi . AV tugunini ablatsiya qilgandan soʻng, yurak ishlab turishi uchun sunʼiy peysmeker yaʼni sunʼiy yurak stimulyatori kerak boʻladi[5].

Labirint tartibi. Issiqlik yoki sovuq energiya yoki skalpel yordamida yurakning yuqori kameralarida chandiq toʻqimasi hosil qilinadi. Chandiq toʻqimasi elektr impulslarini oʻtkazmaganligi sababli, labirint atriyal fibrilatsiyaga olib keladigan adashgan yurak impulslari oʻtishiga toʻsqinlik qiladi.

Agar labirint naqshini yaratish uchun skalpel ishlatilsa, ochiq yurak operatsiyasi kerak. Bu jarrohlik labirint muolajasi deb ataladi. Bu koronar arteriya katetrlash operatsiyasi yoki yurak qopqogʻini qayta tiklash jarrohligi kabi boshqa yurak jarrohligiga muhtoj boʻlganlarda atriyal fibrilatsiyani davolashning afzal koʻrilgan usulidir.

Yurak ablasyondan keyin atriyal fibrilatsiya qaytalanishi mumkin. Agar qaytalanish sodir boʻlsa, boshqa yurak ablasyoni yoki boshqa yurak muolajalarini amalga oshirish mumkin. Yurak ablasyonidan soʻng, qon tomirlarining berkilib qolishining oldini olish uchun umrbod qonni suyultiruvchi vositalar qabul qilish kerak boʻladi[6].

Agar boʻlmachalar fibrilyatsiyasili odam qonni suyultiruvchi dori-darmonlarni qabul qila olmasa, boʻlmachalar fibrilyatsiyasi bilan bogʻliq qon laxtalari paydo boʻladigan yurakning chap yuqori kamerasida kichik qopni yopish uchun katetr usuli tavsiya qilinadi .

Manbalar

tahrir
  1. „Atrial Fibrillation (Afib)“ (2022-yil 1-may). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  2. „Фибрилляция предсердий или мерцательная аритмия“. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 06,08,2022.
  3. „Atrial fibrillation“ (2021-yil 19-oktyabr). 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  4. „Atrial fibrillation“ (2021-yil 17-may). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  5. „Atrial Fibrillation Ablation“. 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  6. „Cardiac Ablation“ (2020-yil 10-avgust). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.