Boʻri Ahmedov (1914, Sherobod tumani — 1981, Oltinsoy tumani) — oʻzbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining asoschilaridan biri — Shernaning oʻgʻli Normurod baxshining shogirdi. Undan „Alpomish“, „Oyparcha“, „Yusuf bilan Ahmad“, „Ollonazar Olchinbek“, „Avazxon“, „Nurali“ kabi dostonlarni oʻrgangan. Uzoq yillar Tojikistonda yashadi va oʻqituvchilik qildi. Undan „Alpomish“, „Nuralining yutilishi“, „Sanam gavhar“ kabi dostonlar yozib olingan. „Nuralining yutilishi“ dostoni nashr etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil