Boʻri Safarova
Sovet kolxozchisi
Boʻri Safarova (1906-yil, Dam qishlogʻi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1958), KPSS a'zosi (1958)[1].
Boʻri Safarova | |
---|---|
Tavalludi |
1906-yil Dam qishlogʻi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati |
Vafoti | Nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrir1906-yili Chiroqchi tumani Dam qishlogʻida tavallud topgan. 1929—1950-yillari Chiroqchi tumanidagi Oxunboboyev nomli kolxozda kolxozchi, 1950—1964-yillarda shu kolxozning brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Boʻri Safarova boshchiligida brigadada 105 gektar maydonning har bir gektaridan 47 sentner (1957) paxta yetishtirilgan. 1955—1959-yillarda 4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1965-yilda pensiyaga chiqqan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1977, s. 549
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.