BOʻSAGʻA, ostona —turkiy xalqlarda, jumladan qoraqalpoqlarda oʻtovning kirish joyi (ostonasi). Kelin kuyovning yoki kuyov kelinning uyiga ilk marotaba qadam qoʻyishida oʻtov ostonasiga taʼzim qiladi. Mayyitni oʻtovdan olib chiqishda ham boshini 3-marta ostonaga tegizib olinadi. Tugʻilgan chaqaloqning kindigi va yoʻldoshini ostona tagiga koʻmilgan. Oʻtovni oʻrnatish ham ostonadan boshlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil