Boʻyra — pishgan qamish poʻstini tozalab toʻqiladigan solinchiq (toʻshama). Uy-joylarda namat (kigiz), gilam, paloye tagidan toʻshaladi. Boʻyrani boʻyrachilar toʻqiydi. Boʻyra paloslarni tuproq va zaxdan saqlagan; imorat tomini yopishda vassa ustidan qoʻyilgan, toʻyhashamlarda, turli marosimlarda foydalanilgan, mevalarni yoyib quritishda, quritilgan mevalarni qishda saqlashda Boʻyrani choklab, qop oʻrnida ishlatganlar. Hozir ham toʻqiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Boʻyra" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

otabek