Boʻzurg Alaviy
Boʻzurg Alaviy (1904.2.2, Tehron 1997.17.2, Berlin) — Eron yozuvchisi. Germaniyada taʼlim olgan. Dastlabki hikoyalar toʻplami „Chamadon“ 1935-yilda nashr etilgan. 1936-yilda ijtimoiy gʻoyalarni targʻib qilishda ayblanib, qamalgan. 50- yillarning oxirlaridan Boʻzurg Alaviy Germaniyada yashab, Berlin untida dars bergan. „Hibsxona kundaliklari“ (1941) hikoyalar toʻplami va „Ellik uch nafar“ (1942) nomli qissasida siyosiy mahbuslar kurashi tasvirlangan. „Maktublar“ (1951) hikoyalar toʻplami uchun Jahon tinchlik kengashining oltin medali bilan taqdirlangan (1953). „Uning koʻzlari“ (1952) romani Eron demokratik kuchlarining monarxiyaga qarshi kurashi tasviriga bagʻishlangan. Oʻtkir ijtimoiy va dolzarb siyosiy mavzudagi „Dohiylar“ (1978), „Chumolilar uyasi“ (1989) ocherklari bor. A. P. Chexov, M. Gorkiy, F. Shiller, B. Shou va boshqalarning ayrim asarlarini fors tiliga tarjima qilgan. Boʻzurg Alaviy Oʻzbekistonda boʻlib, Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi tantanasida ishtirok etgan (Toshkent, 1948). „Oʻzbeklar“ nomli esdaliklar yozgan (1950). „Uning koʻzlari“ romani Ahmadjon Quronbekov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1982).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |