Boʻlim
(Bo‘limdan yoʻnaltirildi)
Boʻlim (geol.da) — stratigrafiya shkalasining 3tartibli umumiy eng yirik birligi. Yer yuzi miqyosida tarqalgan. B. jinslari maʼlum geologik davrda hosil boʻlib, Yer rivojlanishi tarixi va undagi hayotning yirik va aniq bosqichini aks ettiradi. Faqat oʻziga xos hayvonot dunyosi va oʻsimliklari boʻladi. B.oʻz navbatida yaruslarga boʻlinadi. B.ga shkalada tutgan oʻrniga qarab nom beriladi — uch boʻlimli sistemada quyi, oʻrta, yuqori, ikki boʻlimlida esa ikkiga — quyi va yuqori B.ga boʻlinadi. Xalqaro stratigrafiya komissiyasi tomonidan fanerozoy uchun biostratigrafiya, radioizotop, paleomagnit maʼlumotlari sintezi asosida stratigrafiya va geoxronologiya shkalalarining yangi varianti ishlab chiqilmoqda.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |