Boʻlish qurilmasi (mashi na sozlikda) — buyum yoki mashina uzellarini zarur burchakka davriy buradigan (suradigan) qurilma. Sirtlarga ishlov berish va ularni oʻlchashda, kesish asboblari hamda tishli gildiraklar tishlarini ochish, shlitsalar, koʻp kirimli rezbalar va spiral oʻyiqlar ochishda ishlatiladi. Boʻlish mashinalari, rejalashyoʻnib kengaytirish, tish yoʻnish stanoklari hamda mashinalarining stollarini, barabanlar, revolver kallaklarni davriy burib turadigan mexanizmlar ham Boʻlish qurilmasi jumlasiga kiradi. Universal Boʻlish qurilmasi da, odatda, boʻlish kallaklari markaziga oʻrnatib boʻlmaydigan murakkab detallarga ishlov beriladi. Ancha aniq ishlar uchun moʻljallangan Boʻlish qurilmasi darajali mikroskop bilan jihozlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Boʻlish qurilmasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil