Boʻtaloq
(Bo‘taloqdan yoʻnaltirildi)
Boʻtaloq — tuyanish bir yoshgacha boʻlgan bolasi. Yangi tugʻilgan B. juda nozik, ushoq boʻladi (ogʻirligi onasining vazniga nisbatan 5—7% ni tashkil etadi). B.lar umuman egizak tugʻilmaganligi sababli dastlab onasidan ajratilgan hodda maxsus issiq xonalarda boqiladi, sutkasiga 6—8-marta onasi yoniga olib chiqilib emizib turiladi. B. onasini 16—18 oy emadi (tuya 2 yilda bir marta tugʻadi). B. 2 yoshidan boshlab dastlab noʻxta va jilovga, odamning talabi bilan yotibturishiga oʻrgatiladi, 3 yoshdan boshlab ustiga yuk (60–80 kg) ortishga oʻrgatiladi. Tuya 5 yoshga kirganda yetuk hisoblanadi va ustiga toʻla meʼyordagi yuk ortish mumkin.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |