BOʻZTOʻRGʻAY (Calandrella rufescens) -chumchuqsimonlar turkumining toʻrgʻaylar oilasiga mansub qush. Rangi nomiga juda moye, boshqa toʻrgʻaylar kabi sargʻish tovlanmaydi. Shim. Afrika, Jan.

Boʻztoʻrgʻay
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Sharqiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Oʻzbekistonning faqat choʻl va dashtlarida uchraydi, asosan qumloqlarda, baʼzan shoʻr yerlarda yashaydi. Toshloq va taqir choʻllarda uchramaydi. Yerga uya soladi, yoz boʻyi 2-marta 3—5 tadan tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalarini 9 kun davomida uyasida, 10 kungacha uyadan tashqarida boqadi. Chigirtka, qoʻngʻiz kabi hasharotlar, baʼzan dondun bilan oziqlanadi. Dasht va choʻl sharoitida zararli hasharotlarni koʻplab qirib, katta foyda yetkazadi. B.ning 10 tacha kenja turi bor. Oʻzbekistonda Boʻztoʻrgʻay pispoletta kenja turi uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil