Bobina (frans. bobine — gʻaltak) — 1) toʻqimachilikda ip, tola oʻralgan gardishsiz gʻaltak; silindr yoki konus shaklida boʻladi; 2) ichki yonuv dvigateli va boshqa qurilmalar uchun akkumulyatorlar batareyasidan oʻt oldirish gʻaltagi. Akkumulyatorning past (6—12 V) kuchlanishli oʻzgarmas tokini yuqori (10—30 kV) kuchlanishli tokka aylantirib beradi. U oʻzak hamda birlamchi va ikkilamchi chulgʻamlardan iborat. Induksion gʻaltak deb ham ataladi; 3) hisoblash texnikasida, tovush yozib olish qurilmalarida — magnit lenta oʻraladigan gʻaltak; 4) kinoapparatlarda — kinolenta oʻraladigan gʻaltak.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil