Bobojon Gʻofurovich Gʻofurov (tojikcha: Бобоҷон Ғафурович Ғафуров; 31.12.1908— 12.07.1977) — Sovet Ittifoqi davlat va siyosat arbobi, akademik[1][2][3][4][5][6].

Bobojon Gʻofurovich Gʻofurov
tojikcha: Бобоҷон Ғафурович Ғафуров
 Tojikiston SSJ Kompartiyasi MK birinchi kotibi
Mansab davri
16-avgust 1946-yil – 24-may 1956-yilgacha
Oʻtmishdoshi Dmitriy Protopopov
Vorisi Tursun Oʻljaboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 31-dekabr 1908-yil
Xoʻjand
Vafoti 12-iyul 1977-yil(1977-07-12)
(68 yoshda)
Dushanbe
Mukofotlari

Biografiya tahrir

  • 1935-yilda butunittifoq jurnalistika institutini tamomlagan.
  • 1936-yilgacha — "Qizil Tojikiston" gazetasi bosh muharriri o'rinbosari. Shu bilan bir vaqtda Tojikiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi targ'ibot va tashviqot bo'limida matbaachilik sohasida ishlaydi.
  • 1937 - 1941-yillarda Tojikiston Kommunistik partiyasi matbaa va nashriyot uylari bo'limi boshlig'i.
  • 1941-1944 - Tojikiston KP(b) tashviqot kotibi.
  • 1944-1946 — Tojikiston KP ikkinchi kotibi,
  • 1946-1956 — Tojikiston Kommunistik partiyasi birinchi kotibi. Bir vaqtning o'zida (1948-1951) Stalinobod viloyat qo'mitasi KP(b) kotibi.
  • SSSR Oliy soveti 2-,5-, 7-chi chaqiriq deputati.
  • Markaziy Osiyo va Islom tarixi xalq tarixi bo'yicha ishlaydi. Tarix fanlari doktori (1949). Tojikiston SSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1951).
  • Asosiy kitobi — "Tojiklar", xalq tarixiga bag'ishlangan.
  • 1956-yildan umrining oxirigacha — SSSR Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori bo’lib ishladi. Yevgeniy Primakov bu lavozimda uning vorisi bo’ldi.
  • 1974-yilda G’ofurov mavjud qonun-qoidalarga qaramasdan, Makkaga borib, haj amalini ado etdi. Bu voqea siyosatchilar tomonidan Saudiya Arabistoni bilan Sovet Ittifoqining munosabatlarni yaxshilash uchun siyosiy harakat sifatida va Islom diniga nisbatan ixlos sifatida baholandi.

Xotira tahrir

  • G’ofurov shahri uning sharafiga nomlangan.
  • Sharqshunoslik institutidagi galereyada Bobojon Gafurov portreti saqlanadi.
  • Tojikistondagi Respublika Muzeyiga Gafurov nomi berildi.
  • Xo'jand davlat universitetiga Bobojon Gafurov nomi berildi.

Manbalar tahrir

  1. И. М. Дьяконов. Книга воспоминаний
  2. Страница на сайте Институт восточных рукописей РАН
  3. Статья (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) на сайте «ЦентрАзия»
  4. Статья в справочнике по истории КПСС
  5. Статья в «Encyclopædia Iranica»
  6. Историческая справка на сайте Архив Российской академии наук