Bobomurod Daminov
Bobomurod Daminov (1913-yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Doʻstberdi qishlogʻi) — isteʼdodli oʻzbek adabiyotshunosi.
Bobomurod Daminov | |
---|---|
Tavalludi |
1913-yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Doʻstberdi qishlogʻi |
Vafoti | 2005-yil |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Janr | nasr |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirYozuvchi Bobomurod Daminov 1913-yilda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Doʻstberdi qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumot olgach Samarqand davlat universiteti va Moskvada Oliy Partiya maktabida tahsil oldi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida tuman partiya qoʻmitasida, sovxoz direktori, kolxoz raisi lavozimlarida xizmat qildi. U kishi 2005-yilda vafot etdi.
Ijodi
tahrirBobomurod Daminov muntazam ijod bilan ham shugʻullanib keldi. Uning „Odamdan yaxshi nom qolsin“, „Momo yer nafasi“, „Bobo dehqon“, „Adolat, senga taʼzim“, „Tomir“, „Tugallanmagan portret“, „Abadiyat lahzalari“ nomli kitoblari nashr etildi. „Ishonish kerak“ romani „Ruxsora“ qissasi va qator hikoyalari sobiq ittifoq poytaxti Moskvadagi „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida rus tilida koʻp ming nusxada nashr etildi. Adib 70 yoshdan oshganida 4 jilddan iborat „Peshonada bori“[1] („Endi gingshima“, „Taqdir oʻyini“, „Jang maydoni“, „Tosh boʻlsina“) tetrologiyasini yozishga kirishdi va uni 25 yil mobaynida yozib tamomladi.
Asarlar mohiyati
tahrirYozuvchi oʻz asarlaridagi qahramonlarini yaxshi koʻradi va mehr, zavq-shavq bilan tasvirlaydi. Isteʼdodli adib Bobomurod Daminov ijodida badiiy ifodalay olish jarayoni oʻzgacha bir tarzda kechishini kuzatish mumkin. „Peshonasida bori“ romanida azaliy insoniy munosabatlar mavzusi tasvirlangan. Romandagi qahramonlarga yangicha bir nigoh bilan qaraydi. Uning asarlarida qahramonlar harakati va voqealar jarayoni hayotiy voqealar bilan uygʻunlashib ketadi. Kitobxon romanni oʻqir ekan asar qahramonlari bilan birga yashaydi, ularning yutuqlaridan xursand boʻladi. Shu oʻrinda Bobomurod Daminov tilga shunday tarif beradi:„Til — xalqning ruhi, joni. Xalqning xalq boʻlib qolishining asosiy sabablaridan biri ham bu — til“[2].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Mustaqilligi“ koʻkrak nishoni
- „Shuhrat“ medali
- „El-yurt hurmati“ ordeni.
Manbalar
tahrir- ↑ "IBS" http://www.parlib.uz/uz-Cyrl-UZ/Record/Details/dc8e332f-422a-4c70-982d-5a602570695e
- ↑ "Бобомурод Даминов. Тил равнақи (1989) - www.ziyouz.uz" https://ziyouz.uz/matbuot/qayta-qurish-davri-matbuoti/bobomurod-daminov-til-ravnaqi-1989/