Bochansev toshbuyurgʻuni (lotincha: Nanophyton botschantzevii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, gultojixoʻrozdoshlar oilasi, nanophyton turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati dengiz sathidan 1600-2000 metr balandlikda Chatqol tizmasi Nurakotasoy va Berdirsoyda tarqalgan[1].

Bochansev toshbuyurg‘uni
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Nanophyton
Oila: Gultojixo‘rozdoshlar
Binar nomi
Nanophyton botschantzevii

Tavsifi

tahrir

Boʻyi 20-40 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Yostiqcha hosil qilib, yerbagʻirlab oʻsadi. Poyasi kalta, yuzasi silliq, yashil tusda, oʻrmalab oʻsadi. Barglari poyada navbatma-navbat joylashgan, yashil, dagʻal, uchi tikansimon, uzunligi 6 mm. Gullari bir jinsli, 2-9 donadan poya uchida oʻrnashgan. Har bir gul bir dona guloldi va ikki dona gulyonbargchaga ega. Gulqoʻrgʻon bargchalari yupqa. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun iyul oylarida gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Urug‘lari tik, uzunligi 4-6 mm. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda juda kam tarqalgan. Suvayirgichlar yonida 10-20 ta oʻsimlik kichik toʻplar hosil qilib oʻsadi. Toshkent viloyati dengiz sathidan 1600-2000 metr balandlikda Chatqol tizmasi Nurakotasoy va Berdirsoyda tarqalgan. Togʻlarning tosh shagʻalli yonbagʻirlarida, archa va butazorlarda uchratish mumkin. Oʻsimlik tarqalgan joylar chorva mollar uchun oʻtloq sifatida ishlatilgani sababli tur soni qisqarib ketgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida urugʻidan koʻpaytirish urunilgan, ammo unib chiqqan oʻsimliklar ikkinchi yili qurib qoladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Nanophyton botschantzevii“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.