Bofort shkalasi
Bofort shkalasi — shamol kuchini baholash uchun moʻljallangan 12 balli shkala (jadval); shamolning yerdagi buyumlarga taʼsiri va dengizning toʻlqinlanish darajasiga qarab aniqlanadi. Bofort shkalasiga koʻra, 12 ball quyidagicha belgilanadi (baʼzi ballarga nisbatan): O ball — shtil (shamol esmayotgan payt, bunda tutun tikka kutariladi, dengiz suvining sathi koʻzguday tinch turadi); 4 ball — moʻʼtadil shamol (shamol yoqimli esib turadi; bunda shamol chang va qogʻoz parchalarini yerdan koʻtarib uchiradi, daraxtlarning ingichka shoxlari tebranadi, dengiz suvida uzunuzun toʻlqinlar paydo boʻladi); 6 ball — kuchli shamol (bunda daraxtlarning yoʻgʻon shoxlari tebranadi, telegraf simlari guvillaydi, dengiz suvida yirik toʻlqinlar paydo boʻladi); 10 ball — boʻron (kuchli shtorm) — bunda inshootlarda buzilishlar roʻy beradi, daraxtlarning shoxlari yerga tekkunday boʻlib egilib tebranadi, dengiz suvida balandbaland toʻlqinlar paydo boʻladi, suv yuzi koʻpirib ketadi, toʻlqinlarning uzun choʻqqilari pastga qarab egilibegilib tushadi; 12 ball — dovul (bunda ancha joydagi inshootlar buziladi, dengiz ustidagi havo koʻpik va suv tomchilari bilan toʻlib ketadi, dengiz sirti koʻpiradi, koʻrinish yomonlashib ketadi). Qolgan ballar shu koʻrsatilgan ballar oʻrtasidagi holatlar va hodisalar (alomatlar)ni bildiradi. Ingliz harbiy gidrografi va haritachisi F. Bofort (1774—1857) 1806-yil taklif qilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |