Bofta (fors. — toʻqima) — toʻqilgan shakldagi islimiy naqsh yoki naqsh boʻlagi; tanob singari yoʻnalishida hosil qilingan aylanma shaklli boglam (toʻqima). B. mujassamotning asosi (baʼzan markazi) ni tashkil etsa, naqsh B. soʻzi bilan qoʻshib ataladi: B.li kapalakgul, B.li tugungul, B.li turunj va shahri k. Xalq ustalaridan O. Qosimjonov (B.li davragul), S. Norqoʻziyev (B.li tokcha namoyon, B.li qoʻshbandgul), J. Hakimov (B.li oygul, B.li paxtagul) va boshqa ijodida koʻp uchraydi. B. asosida rangbarang mujassamotlar yaratilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil