Bogʻiston koʻchasi (Toshkent)

Bogʻiston koʻchasi — Chilonzor tumanida, Oqtepa maydoni bilan Kichik halqa yoʻli oraligʻida. Oqtepa maydondan Oqtepa kanalining chap sohili boʻylab boshlangan. Uzunligi 1,5 kilometrga yaqin. 1991-yil 20-fevralda Ges koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan[1].

Bogʻiston koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 1.5 km
Avvalgi nomlari Ges koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Toshkent shahar onkologiya dispanseri

Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli turar joy binolari, yakka tartibdagi uy-joylar, shahar onkologiya dispanseri, „Soyboʻyi“ kafesi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Koʻcha yaqinida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, Soliq akademiyasi va kolleji, Koʻz mikroxirurgiya markazi, tez tibbiy yordam kasalxonasi joylashgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.