Bogʻlovchi materiallar (qurilishda) — suv qoʻshib qorishtirganda yopishqoq, hamirsimon yumshoq massa hosil qilib, keyin toshdek qotadigan kukunsimon materiallar. Anorganik (mineral) va organik xillari bor. Anorganik Bogʻlovchi materiallar havoda qotadigan va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotadigan Bogʻlovchi materiallar faqat ochiq havoda qotadi, namda esa qisman qotadi yoki umuman qotmaydi. Bularga ohak, gips, eruvchan shisha, gil va boshqa kiradi. Gidravlik Bogʻlovchii materiallar ochiq havodagina emas, balki nam va suvda ham qotadi. Bularga gidravlyugohak, portlandsement va boshqa kiradi. Bogʻlovchi materiallar yaxlit beton, yigʻma temirbeton konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Organik Bogʻlovchi materiallar (mas, bitum) asfaltga qoʻshiladi, tomlarni yopishda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Bogʻlovchi materiallar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil