Bois Ergashev
Bois Hamidovich Ergashev (1921.5.5, Samarqand — 2000.26.6, Toshkent) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. Samarqand mexanizatsiya texnikumida oʻqigan (1939—1942). 1942-yildan armiya safida. 132-gvardiyachi artilleriya polki (ZUkraina fronti 12armiyaning 60gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) razvedkachisi, Zaporojye viloyatining Xortitsa qishlogʻi hududida Dnepr daryosini kechib oʻtish uchun boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944-yil 22-fevral). Bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. Toshkent huquq institutini tugatgan (1952). Davlat va jamoat tashkilotlari (1946—56), respublika ijtimoiy taʼminot vazirligi (1956—68) va davlat xavfsizlik qoʻmitalarida (1968—83) masʼul lavozimlarda ishlagan. Ikkinchi jahon urushi mavzuiga doir asarlar muallifi ("Shonli jasorat", T., 1984; "Veteranlar — yoshlar murabbiysi", T., 1986 va boshqalar).
Bois Hamidovich Ergashev | |
---|---|
Tavalludi |
5-may 1921-yil Samarqand |
Vafoti |
26-iyun 2000-yil Toshkent |
Xizmatdagi yillari | 1942 — 1944 |
Unvoni |
Serjant![]() |
Harbiy qism | 132-gvardiyachi artilleriya polki |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |