Zaporijjya
(Zaporojyedan yoʻnaltirildi)
Zaporojye (1921 yilgacha Aleksandrovsk) — Ukrainadagi shahar (1806 y.dan). Zaporojye viloyati markazi. Dnepr sohilidagi port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 550 ming kishi (2024). Qora metallurgiya ("Zaporojstal" kombinati, "Dneprospetsstal" zavodi va boshqalar) va rangli metallurgiya (titanmagniy kombinati, alyuminiy zavodi va boshqalar), mashinasozlik (elektrotexnika sanoati korxonalari, "AvtoZAZ", "Motorostroitel" ishlab chiqarish korxonalari va boshqalar), kimyo va koks kimyosi, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari, Dnepr GES (Dneproges), 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet), 3 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar bor. Z.ga 1770 yil asos solingan.[1]
Zaporijjya | |
---|---|
47°51′0″N 35°7′3″E / 47.85000°N 35.11750°E | |
Mamlakat | Ukraina |
|
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |