Bojxona daromadlari — davlat byudjetining daromad bandlaridan biri. Mamlakat chegarasidan olib oʻtilgan tovarlardan undirilgan bojlar, bojxona yigʻimlari (statistik yigʻim, marka yigʻimi, tovarlarni saqlash va omborlarga joylash va boshqa uchun olinadigan haqlar), jarimalar va bojxona tomonidan musodara qilingan tovarlar (mulk)ni sotishdan tushgan mablagʻlar va boshqalardan tashkil topadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil