Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash — Shunday bojxona rejimiki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi. OʻzR bojxona hududida erkin muomalada boʻlgan har qanday tovarlar Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas: agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning toʻlangan summalarini kaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chogʻida toʻlovlar olishni talab qilish uchun asos boʻlsa; import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan boʻlsa; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda. Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl quyiladi. Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qoʻllaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab toʻlanadi. Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qay tarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar toʻlanmaydi. Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan begʻaraz taʼmirlashdan iborat boʻlganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan xollar bundan mustasno[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi